• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • G‘azoda yordam xodimlari o‘ldirilganidan keyin Isroil brigadasi qo‘mondoni ishdan bo‘shatildi

G‘azoda yordam xodimlari o‘ldirilganidan keyin Isroil brigadasi qo‘mondoni ishdan bo‘shatildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 22:38
Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumda 7 nafar xalqaro yordam xodimining halok bo‘lishi ortidan Isroil Bosh shtab rahbari Gersi Halevi Nahal brigadasi qo‘mondonini ishdan bo‘shatdi.

Channtl 14 xabariga ko‘ra, Halevi yana bir yuqori martabali brigada zobitini ishdan bo‘shatib, Janubiy mintaqa qo‘mondoni va 162-zirhli diviziya komandirlariga «qattiq ogohlantirish» berishga qaror qilgan.

E’tiborlisi, Isroil Bosh shtab boshlig‘ining bu qadami AQSh prezidenti Jo Bayden va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi telefon suhbatidan keyin amalga oshirilgan.

Bayden Netanyaxuga G‘azo sektoridagi yordam xodimlariga qilingan hujumlar «qabul qilib bo‘lmaydigan» ekanligini va AQShning Isroilga bo‘lajak yordami «tinch aholini himoya qilish uchun choralar ko‘rishga» bog‘liqligini aytdi.

1 aprel kuni Isroilning G‘azo sektoridagi Dayr al-Bala hududiga uyushtirgan hujumida WCK xalqaro gumanitar tashkilotining yetti nafar xodimi halok bo‘ldi.

WCK marhum xodimlar Avstraliya, Polsha, Buyuk Britaniya, AQSH-Kanada va Falastin fuqarolari ekanligini aytdi. Hujum paytida ular jangovar harakatlardan tashqari hududda tashkilot logotipi tushirilgan ikkita zirhli mashinada bo‘lgan.
«Bu fojia. Yordam xodimlari va tinch aholi hech qachon, hech qanday sharoitda nishonga olinmasligi kerak», deb ta’kidladi WCK.
Isroil armiyasi, shuningdek, «armiya ushbu fojiali hodisaning holatlarini tushunish uchun eng yuqori darajada keng qamrovli tergov olib bormoqda», dedi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati