Isroil gumanitar yordam olish imkoniyatini kengaytirishga rozi bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 22:36
Isroil urush vazirlar mahkamasi G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishga qaror qildi. Bu haqda Isroilning KAN jamoat telekanali xabar berdi.

Xususan, mamlakat rasmiylari gumanitar yuklar uchun Isroilning Ashdod portini vaqtincha ochish, shuningdek, G‘azo shimolida Beyt Xanun (Erez) nazorat-o‘tkazish punktini ochish niyatida.

Iordaniyadan Falastin anklaviga kiradigan yordam Kerem Abu Salim (Shalom) nazorat punkti orqali o‘tadi.

Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida uni G‘azo sektori gumanitar xizmatchilar va tinch aholini himoya qilish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirgan edi.

Oq uy rahbarining aytishicha, AQShning Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini keyingi qo‘llab-quvvatlashi ana shu choralarga bog‘liq bo‘ladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati