Ten Xag: Reshford g‘ayratli futbolchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 22:36
Erik ten Xag Markus Reshfordni qo‘llab-quvvatlaydi.

"Manchester Yunayted" hujumchisi APL doirasidagi "Chelsi"ga (3:4) qarshi o‘yinda asosiy tarkibdan joy olgani yo‘q. Forvard uchrashuvning 66-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

"Markus forma jihatidan yaxshilanmoqda. U juda g‘ayratli, chunki u biz bilan muvaffaqiyat qozonishni xohlaydi.

U sovrinlarni yutib, gol urishni istaydi. U Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqchi, Yevropa chempionati esa yaqinlashib qoldi.

Shuning uchun uning motivasiyasi yuqori bo‘lishi kerak. "Brentford"ga qarshi o‘yindan oldin u uchta o‘yinda uchta gol urgan edi", - deydi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

Reshford joriy mavsumda APLda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati