Klopp: Yaxshi xabar shundaki, bu safar qo‘shimcha 30 daqiqa bo‘lmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 22:08
Yakshanba kuni “Liverpul” safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi APL o‘yinini o‘tkazadi.

Jamoalar yaqinda Angliya kubogi doirasida "Old Trafford"da to‘qnash kelishgan, o‘shanda "qizil iblislar" qo‘shimcha daqiqalarda 4:3 hisobida g‘alaba qozonishgan.

"Mankunianliklar"ga qarshi yangi o‘yin oldidan "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp fikr bildirdi.

"O‘sha kuni biz yaxshi edik, ammo vaziyatlarni tugatolmadik. Yaxshi xabar shundaki, bu safar qo‘shimcha 30 daqiqa bo‘lmaydi.

Bu biz uchun yaxshi, chunki o‘shanda "Yunayted" o‘sha 30 daqiqada o‘yinni o‘zgartirib yuborgandi. "Manchester Yunayted" o‘z uyida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.

Biz 15-dan 70-daqiqagacha so‘nggi daqiqalarda o‘ynagandek o‘ynashimiz kerak. Biz “Yunayted”ga muammolarni keltirib chiqarishga harakat qilamiz va ular ham biz uchun ham shunday qilishga harakat qilishadi”, dedi Klopp matbuot anjumanida.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati