Robertson APLda rekordchi degan maqomini qaytarib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:52
Fevral oyi o‘rtalarida "Liverpul" futbolchisi Trent Aleksander-Arnold Premyer-liga tarixida himoyachilar orasida eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchiga aylandi. O‘shanda "Byornli"ga qarshi o‘yinda Trent golli uzatmalarda jamoadoshi Endryu Robertsondan ustun kelgandi. O‘shandan beri Aleksandr-Arnold Premyer-ligada o‘ynamadi, chunki, jarohat olgandi.

Ammo Robertson bu vaqt ichida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va himoyachilar orasida Premyer-liga rekordchisi maqomini tikladi. Hozirda shotlandiyalik futbolchi 59 ta golli uzatmaga ega, Trentda esa 58 ta golli uzatma bor. Jang davom etadi, chunki, ikkala futbolchi ham birinchi navbatda jamoaning natijalariga e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, payshanba oqshomida "Liverpul" "Sheffild Yunayted"ni 3:1 hisobida mag‘lub etganida Robetson o‘zining Premyer-ligadagi 59-assistentini amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati