O‘zil: Yuventusda o‘ynashni orzu qilganman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:48
Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mesut O‘zil har doim “Yuventus”da o‘ynashni orzu qilganini tan oldi.

“Faoliyatim va o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lgan barcha ajoyib klublarim bilan faxrlanaman. Faqat bitta klub yetishmayotgandi - "Yuventus". Bu mening italyancha muhabbatim”, — deb yozdi O‘zil ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil o‘tgan yilning mart oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Nemisning so‘nggi klubi Turkiyaning "Istanbul Beshakshehir" jamoasi bo‘lgan. Bundan tashqari, O‘zil "Shalke", "Verder", "Real", "Arsenal" va "Fenerbaxche" klublarida o‘ynagan. O‘zil boshqa futbol yulduzlari qatori 35 yoshdan oshgan va professional faoliyatini yakunlagan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishi avvalroq xabar qilingandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati