Isroil G‘azodagi ko‘ngillilar xatolik tufayli o‘ldirilganini tan oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:42
Ikki yuqori martabali isroillik ofiser shu hafta boshida Falastinning Dayr al-Balah hududida World Central Kitchen (WCK) xayriya tashkilotining 7 nafar xodimi o‘limiga olib kelgan bir qator «jiddiy xatolar» uchun lavozimidan chetlatildi va yana 3 nafariga hayfsan berildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) ma’lum qildi.

«Tergov natijalari shuni ko‘rsatdiki, voqea sodir bo‘lmasligi kerak edi. Zarbani ma’qullaganlar nishonlar WCK xodimlari emas, balki qurollangan HAMAS jangarilari ekaniga ishonch hosil qilgan. Gumanitar transport vositalariga zarba berish - bu noto‘g‘ri identifikasiya, zarba berish haqida noto‘g‘ri qaror qabul qilish oqibatidir, bu jiddiy xato», deyiladi xabarda.

Tergov natijasida SAHAL bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi o‘t o‘chirish brigadasi komandiri va brigada boshlig‘ini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qaror qilgan. Bundan tashqari, brigada komandiriga, 162-diviziya komandiriga, shuningdek, janubiy qo‘mondonlik komandiriga rasman hayfsan berilgan.

2 aprel kuni SAHAL zarbasi oqibatida WCK gumanitar tashkilotining 7 nafar xodimi (Falastin, Avstraliya, Britaniya, Polsha fuqarolari hamda Kanada va AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan ko‘ngillilar) halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ular avtomobillarda 100 tonna insonparvarlik yordamini tarqatish uchun jo‘nab ketayotgan edi. Shundan so‘ng, bir qator xorijiy yuqori martabali siyosatchilar Isroilga o‘z noroziliklarini bildirishdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati