De Dzerbi: Arteta ajoyib murabbiy

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:36
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi "Arsenal"ga qarshi o‘yin oldidan raqib ustozi Mikel Arteta haqida gapirdi.

"Mikel Arteta ajoyib murabbiy. Men uning ishini juda hurmat qilaman. Uning uslubi aniq - ular doimo katta shiddat va jasorat bilan o‘ynashadi. O‘ylaymanki, bo‘lajak o‘yinda ular tajovuzkor bo‘lishadi, to‘p bilan ham, to‘psiz ham aniq uslubga ega bo‘lishadi. O‘ylaymanki, bu o‘yinni tomosha qilish qiziqarli bo‘ladi" - dedi De Dzerbi juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.

"Brayton" va "Arsenal" o‘rtasidagi APL uchrashuvi 6 aprel shanba kuni bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati