‼️Farg‘onada haydovchini YPX xodimlari olib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:30
Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida YPX xodimi haydovchini majburan olib ketayotgan videosi tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 30 mart kuni Farg‘ona shahar “Al-Farg‘oniy” ko‘chasida “Nexia 3” haydovchisi avtobus bekatida to‘xtab, yo‘l harakati qoidalarini buzib turganligi sababli YPX inspektori tomonidan qoidabuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, tegishli hujjatlarini taqdim qilmagan va transport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketilishiga qarshilik qilgan.

Shundan so‘ng haydovchi YPX inspektorlari tomonidan Farg‘ona shahar IIBga olib borilgan va qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati