Yamal Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:28
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati shu yilning yozida bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng Olimpiada boshlanadi.

"Evro va Olimpiada o‘yinlarida o‘ynash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Pedri bilan sodir bo‘lgan voqea nima bo‘lishi mumkinligiga misoldir", - dedi Yamal ElDesmarque bilan suhbatda.

Shu bilan birga, futbolchi Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmagan taqdirda ham Olimpiadada ishtirok etishini istisno etmadi.

Joriy mavsumda 16 yoshli Yamal barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati