Yamal Barsada bu raqamda o‘ynash — har bir bolaning orzusi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:16
Lamin Yamal «Barselona» afsonasiga aylanishni istashini aytdi.

— Prezident Laporta intervyusida 200 mln yevrolik taklifni rad etganini aytdi. «Barsa»ning sizga ishonchi haqida qanday fikrdasiz?

— Mehnatim va futbolim e’tirof etilganidan juda xursandman, lekin bor e’tiborimni keyingi o‘yinga qaratganman.

— Kelajak uchun aniq rejangiz bormi?

— Shartnomam 2026 yilgacha mo‘ljallangan. 18 yoshga to‘lganimdan keyin uni 2030 yilgacha uzaytirish borasida kelishuv bor.

— Muxlislar kelajagingiz haqida qayg‘urishlari kerakmi? Pul hamma narsani o‘zgartirishini aytib, xavotirlanganlarga nima deysiz?
— Mutlaqo xotirjamman. Keyingi shartnomagacha hali 2 yil bor. Va men futboldan zavqlanishni xohlayman.
—Xavi, Iniyesta, Puyol yoki Messi kabi «Barca» bilan deyarli bir umrlik shartnoma imzolaysizmi?
— Albatta. Umid qilamanki, men «Barsa» afsonasiga aylana olaman.
— Agar Fati ketsa va iyul oyida sizga 10-raqam taklif qilinsa, klubning 125 yilligi nishonlanadigan mavsumda yangilangan «Kamp Nou»da bu raqamda o‘ynashga nima deya olasiz? Bu sizga bosim o‘tkazadimi?

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati