Vashington xavotirda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:12
Vashington Suriyadagi Eron konsulligiga berilgan havo zarbasidan keyin Eron va Isroil o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishi ehtimolidan xavotirda

Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Kirbi AQSh tomonidan Isroilga ko‘rsatilayotgan xavfsizlik yordami faqat G‘azo sektori uchun emasligini unutmaslikka chaqirdi.

"Qo‘shma Shtatlar Isroil bilan birga bo‘ladi, biz bu tahdidlardan himoyalanishda ularga yordam berishda davom etamiz", — deya ta’kidladi Kirbi.

Avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga havo hujumi sababli Tel-Avivni Tehron tomonidan 48 soat ichida harbiy javob bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgani xabar qilingan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati