Sun’iy intellekt inson o‘rnini bosa oladimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:08
Qozog‘istonda “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt insonning o‘rnini bosa oladimi, ayrim kasblarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi bormi? Bu savolga QR Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi vakillari javob berdi, deya yozmoqda Kazinform.

“Sun’iy intellekt ba’zi funksiyalarni almashtirmaydi, balki ularni to‘ldiradi. Masalan, maslahatchilarning ishi haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda sun’iy intellekt kerakli ma’lumotlarni tezroq topadi. Tarjimonlar faoliyati haqida gap ketganda, sun’iy intellekt tarjimonlarni to‘liq almashtira olmaydi. Sun’iy intellekt matnni tekshirish va baholash kabi yangi imkoniyatlarni ochib beradi”, – dedi QR Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining Innovasion rivojlanish departamenti direktori Darxan Mirzabayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha biron bir kasbni sun’iy intellekt bilan almashtirish haqida ma’lumot yo‘q.

“Milliy axborot texnologiyalari” AJ boshqaruvi raisi Rostislav Konyashkinning aytishicha, sun’iy intellekt yordamida yoki sun’iy intellekt asosida yaratilgan mahsulotlarga mualliflik huquqi masalasi Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi nazoratida bo‘ladi.

“Qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida video, musiqiy kompozisiyalar va boshqa innovasiyalarni ishlab chiqish uchun sun’iy intellektdan foydalanishda mualliflik huquqi tartibga solinadi”, – deya qo‘shimcha qildi Rostislav Konyashkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati