Tovar aylanmasini 297 milliard so‘mga yetkazish maqsad qilingan – «Dori-Darmon» AK

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 21:02
Shu va boshqa yo‘nalishlarda dori vositalari bilan ta’minlash uchun mazkur kompaniya 2023 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar va distribyuterlardan 123 mlrd. xorijiy ta’minotchilardan 157,2 mlrd. so‘m miqdoridagi farmasevtika mahsulotlarini sotib olgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan “2023 yilda aholini dori vositalari bilan ta’minlash, joriy yildagi asosiy vazifalar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, “Dori-Darmon” AK 2023 yil davomida Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga 166,2 mlrd., boshqa davolash profilaktika muassasalariga 63 mlrd., xususiy sektorga 55,6 mlrd., harbiy davolash muassasalariga 7 mlrd. hamda QVP va QOPlarga 78,4 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib bergan. Ushbu vazifalarni bajarish asnosida bugungi kunda mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning 130 dan ortig‘i bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Bundan tashqari, maxsus jihozlangan ko‘chma avtomobil dorixonalari orqali respublikaning chekka va dorixona mavjud bo‘lmagan hududlaridagi aholi qatlamiga 3,1 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib berilgan.

Davlat buyurtmasi asosida xarid qilingan 2 154 784 doza grippga qarshi vaksinalar esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va boshqa tibbiyot markazlariga yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, Ukrainaning “Indar” xususiy aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 14,7 mlrd. so‘mlik 682 465 flakon insulindan 5,4 mlrd. so‘mlik 272 825 flakon insulin dori vositasi SSVga yetkazib berilgan.
Shunday qilib, kompaniyaning 2023 yildagi umumiy tovar aylanmasi 845,2 mlrd. so‘mni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 620,1 mlrd., chakana tovar aylanmasi esa 225,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Matbuot anjumanida shuningdek, joriy yildagi asosiy vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda poytaxtimizning Olmazor va Chilonzor tumanlaridagi kompaniyaga qarashli dorixona va dorixona shoxobchalarini ham reimbursasiya dasturiga ulash ko‘zda tutilmoqda.
Kompaniyaning umumiy tovar aylanmasini 297 mlrd. so‘mga yetkazib, 9 mlrd.so‘m sof foydaga erishish maqsad qilingan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati