Chet tillarni o‘rganayotgan yoshlar uchun 50 milliard so‘mdan ortiq kompensasiya berildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 20:12
Kompensasiya olish sharti oddiy - abituriyent imtihonda faqat 70% dan yuqori natija ko‘rsatishi kerak. Masalan, IELTS dan 7 yoki undan yuqori ball olishingiz mumkin.
Agar 2021 yilda 2,8 ming nafardan ortiq yoshlarning imtihondan o‘tkazish xarajatlari 5,5 milliard so‘m miqdorida qoplangan bo‘lsa, joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich qariyb 6 ming nafar yoshlarning 10,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Ya’ni, chorakdagi natijalar butun yilga nisbatan ikki baravar ko‘paydi! Bu esa til o‘rganayotgan, xalqaro miqyosda bilim oluvchi yoshlar soni muttasil ortib borayotganidan dalolatdir.
18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijalarga erishgan yoshlar Xazna ilovasi orqali imtihon to‘lovlarini qaytarib olishlari mumkin.