G‘azoda har soat to‘rt bola qurbon bo‘lmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 19:02
Vayron bo‘lgan binolar ostida qolgan yoki taqdiri noma’lumlar ro‘yxatida 7 ming nafar ayol va bola qayd etilgan. Bosib olingan G‘arbiy Sohilda 455 nafar falastinlik, jumladan 117 nafar go‘dak halok bo‘lgan, 4700 dan ziyod inson, shundan 724 nafar o‘g‘il-qiz yaralangan. 2023 yil boshidan buyon 1620 fuqaro, xususan 710 nafar bola boshqa mahalliy hududga ko‘chirilgan. Hozirgacha Isroil harbiylari 500 nafar bolani hibsga olgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ma’lumotiga ko‘ra, urush davrida G‘azodagi 17 mingga yaqin bola ota-onasi, ulardan biri yoki ikkalasidan ayrilgan. Sektordagi Falastin Sog‘liqni saqlash tizimi 3337 nafar falastinlik qurbon bo‘lgani, 75 668 odam yaralanganini ma’lum qildi.