Qarzdorning Tracker-2 mashinasi stoyankaga yo‘l oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 02:26
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun qo‘llangan ma’muriy qarorlarning ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ko‘plab ma’muriy jarimalarni to‘lamasdan kelayotgan fuqarolar IIB YHXB xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda aniqlanib, qarzdorliklarni bartaraf etmagani sababli jarima maydonlariga joylashtirilmoqda.

Misol uchun, Byuroning Qiziltepa tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.P.ga nisbatan qo‘llanilgan 15 ta ma’muriy qarorlar hamda ikki nafar fuqaro foydasiga jami 81,8 mln so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorga tegishli “Tracker” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, qarzdor A.U.ga nisbatan IIB YHXB tomonidan qo‘llanilgan 14 ta ma’muriy bayonnomalarga asosan jami 6 mln. 800 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro harkatlari davomida qarzdorliklar to‘liq undirilishi ta’minlangan.

Bu borada tizimli ishlar davom ettirilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati