Rossiyada ishsizlik deyarli yo‘q,- Putin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 18:30
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda qilgan chiqishida Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar muammosiga izoh berdi. Bu haqda u Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federasiyasining XII qurultoyida aytib o‘tdi.

Vladimir Putinning aytishicha, Rossiyada ishsizlik deyarli yo‘q, uning rasmiy darajasi 2,8%. Ammo tez orada demografik vaziyat tufayli iqtisodiyot ishchi kuchi tanqisligiga duch kelishi mumkin.

«Bizda ko‘p tanlov yo‘q – yo xorijdan ishchi kuchi import qilish kerak, yoki mehnat unumdorligini oshirish kerak», dedi u.

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar masalasi Rossiya Federasiyasida Crocus City Haldagi teraktdan so‘ng muhokama mavzusiga aylandi, chunki rasmiylar ushbu jinoyatni sodir etishda Tojikistondan kelgan muhojirlarni aybladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati