Xoland va de Bryuyne Kristal Pelasga qarshi o‘ynaydimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 18:24
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yin oldidan Erling Xoland va Kevin De Bryuyne Londonda o‘ynaydimi degan savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni Xoland va De Bryuyne “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagan – ularga dam berilgandi.

"Hali bilmayman, biz bir necha kun oldin ularsiz o‘ynagandik. Men bu haqda o‘ylab ko‘rishim kerak", - dedi Gvardiola Xoland va De Bryuyne haqidagi savolga.

Gvardiola, shuningdek, himoyachilar Natan Ake va Kayl Uoker "Kristal Pelas" o‘yinini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

Ammo darvozabon Edersonda safga qaytish imkoniyati bor. "Ederson ancha yaxshi. Balki u qaydnomada bo‘lar", - dedi «shaharliklar» ustozi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati