NATO bosh kotibi Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaga keladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 02:08
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 17—19 mart kunlari Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaga tashrif buyuradi. Alyans bosh kotibi mamlakatlar rahbarlari bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda ‘‘TASS’’ nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Stoltenbergning safari dastlab 17 mart kuni Ozarbayjon poytaxti Bokudan boshlanadi. Poytaxtda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv bo‘lishi ma’lum qilingan.

18 mart kuni NATO yetakchisi Tbilisiga tashrif buyurib, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili va bosh vazir Irakliy Kobaxidze bilan uchrashishi aytilgan.

Kun tartibiga ko‘ra, 19 mart kuni, safari yakunida Stoltenberg Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan va bosh vazir Nikol Pashinyan bilan uchrashish uchun Yerevanga boradi. Uchrashuv mazmuni Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hududiy bahslar bo‘lishi mumkin.

NATO rahbariyati alyans yetakchisining Kavkaz respublikalariga tashrifi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etmagan. Uchrashuvlardagi muzokaralar mavzusi va natijalari haqida keyinchalik ma’lum qilinishi aytilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati