Ikardi Yuventusga o‘tadimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 16:40
Turkiyaning “Galatasaroy” klubi hujumchisi Mauro Ikardi keyingi transfer oynasida “Yuventus”ga o‘tmaydi. Tutto Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi Ikardini taklif qilishdan manfaatdor emas va futbolchining transferi borasida hech qachon "Galatasaroy" bilan bog‘lanmagan.

Joriy mavsumda 31 yoshli argentinalik barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ikardining "Galatasaroy" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali mutaxassislari forvardning narxini 18 million yevroga baholamoqda. 30 turdan so‘ng "Yuventus" 59 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati