“Open Budget”ga ovoz yig‘ishga majburlagan hokim o‘rinbosari jazolandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 12
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 16:38
O‘rganish natijalari bo‘yicha Qiziltepa tumani hokimining yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan “Open Budget” dasturi doirasida tashkilot rahbarlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan tashabbusli byudjet loyihasiga ovoz yig‘ishga targ‘ib qilganligi va majburan jalb qilganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura hamda Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda hokim o‘rinbosarining harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda mansabdor shaxsga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.