EIning “kovid” fondlari bilan bog‘liq firibgarlik ishi: 22 kishi hibsga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 16:02
Venesiya moliya polisiyasi tomonidan Yevropa Ittifoqining “kovid” mablag‘lari bilan firibgarlikda gumon qilinganlardan 600 million yevrodan ortiq qiymatdagi villalar, kvartiralar, qimmatbaho mashinalar va zargarlik buyumlari musodara qilindi. 22 kishi hibsda, deya xabar beradi Kazinform agentlik Euronews telekanaliga tayanib.

Italiya moliya polisiyasi Yevropa Ittifoqining pandemiyadan keyingi tiklanish jamg‘armasidan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq yirik firibgarlikda gumonlanib 22 kishini hibsga oldi.

Gumonlanuvchilarning 600 million yevrodan ortiq qiymatdagi aktivlari (villalar va qimmatbaho avtomobillardan - Rolex soatlari va zargarlik buyumlarigacha) musodara qilingan.

Xabar qilinishicha, polisiya Yevropa prokuraturasining Venesiya boshqarmasi talabiga binoan harakat qilgan.

Uch kishi Slovakiyada, ikki nafari Avstriyada va 17 nafari Italiyada hibsga olingan. Qidiruvlar Ruminiyada ham olib borilgan.

Italiya pandemiyadan keyin tiklanish uchun Yevropa Ittifoqi fondlaridan boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq mablag‘ oldi - deyarli 102 milliard yevro.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati