Rossiyadan 20 tonna pomidor O‘zbekistonga qaytarilgani aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 15:56
Ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi kanallarda 20 tonna pomidor Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi holatga izoh berdi.

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Yekaterinburg shahrida joylashgan vaqtinchalik omborda saqlanayotgan 20 tonna pomidor mahsulotida pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus) aniqlangani tufayli mahsulot O‘zbekistonga qaytarilayotgani ma’lum qilingan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, ayni paytda vazirlik huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddilari hamda Rossiyadagi mas’ul tashkilotlar holat yuzasidan pomidor mahsulotlarining ekspertizasini olib bormoqda. Shuningdek, fitosanitariya sertifikatlari ham tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati