Psixotrop moddalarni olib o‘tishga urinish fosh bo‘ldi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 26
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 15:54
Qo‘qonlik fuqaro M.O. qo‘shni Qirg‘izistondagi hamtovoqlari bilan til biriktirib, aylanma yo‘llar orqali yurtimizga ko‘p miqdordagi tarkibida psixotrop moddalar mavjud tabletkalarni olib o‘tgan. Yaxshiyamki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu mahsulotlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi.
Farg‘ona – Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirildi, uning salonida bo‘lgan yelim idishlardagi 5 ming 595 dona “Lirika” va 717 dona “Tropikamid 10 ml” tabletkalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
M.O.ning bir kechada millionlab so‘m “daromad topish” rejasi chippakka chiqdi.
Sud hukmiga ko‘ra, M.O. esa yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.