Rahbarlarni «Open Budget»ga ovoz yig‘ishga majburlagan hokim o‘rinbosari jazolandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 15:50
Oliy majlis senati tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda «Open Budget» uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganlik holatlari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Qiziltepa tumani hokimining yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan «Open Budget» dasturi doirasida tashkilot rahbarlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan tashabbusli budjet loyihasiga ovoz yig‘ishga targ‘ib qilganligi va majburan jalb qilganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura hamda Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda hokim o‘rinbosarining harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda mansabdor shaxsga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati