Zlatan Ibragimovich ishtirokida xayrlashuv o‘yini o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 15:48
Shvesiyalik afsonaviy hujumchi Zlatan Ibragimovich terma jamoasi safida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda Shvesiya futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

8 iyun kuni o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan bo‘lib, o‘sha kuni Shvesiya Serbiya bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yin Ibragimovich uchun xayrlashuv bahsi bo‘ladi.

“Serbiyaga qarshi o‘yin kuzgi raqobatbardosh o‘yinlar oldidan muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Zlatan Ibragimovichni chiroyli kuzatib qo‘yish uchun arenani to‘ldiramiz. Siz buni o‘tkazib yubormasligingiz kerak”, deyiladi federasiya xabarida.

Ma’lumot uchun, 42 yoshli Ibragimovich 2001-2023 yillar davomida Shvesiya terma jamoasi safida umumiy 122 ta o‘yin o‘tkazib, 62 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. U faoliyati davomida Niderlandiya, Ispaniya, Italiya va Fransiya chempionatlarida g‘olib bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati