Manchester Yunayted bu mavsumda 17 ta mag‘lubiyatga uchradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 15:32
"Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyat "MYU" uchun mavsumdagi 17-mag‘lubiyati bo‘ldi.

Kecha mankunianliklar 100-daqiqaga kelib 3:2 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsada, "Chelsi"ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu “Manchester Yunayted”ning mavsumdagi 42 o‘yindagi 17-mag‘lubiyati bo‘ldi.

1989/90 yilgi mavsumdan buyon klub rasmiy o‘yinlarda bunchalik mag‘lubiyatga uchramagan. O‘shanda "Manchester Yunayted" butun mavsum davomida 17 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. O‘sha mavsumda "Yunayted" Angliya chempionatida 13-o‘rinni egalladi, bu klub tarixidagi 1974/75 yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan beri eng yomon natijadir.

"Manchester Yunayted" 48 ochko bilan APL turnir jadvalida 30 o‘yindan so‘ng 6-o‘rinni egallab, beshinchi o‘rindagi "Tottenxem"dan 9 ochko ortda qolmoqda.

7 aprel kuni Erik ten Xag shogirdlari APLning 32-turi doirasida o‘z maydonida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati