• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Shahlo Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi

Shahlo Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 15:20
Biologiya fanlari doktori, taniqli olim va davlat arbobi, professor Shahlo Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vise-prezidenti etib tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yillik tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi. SH. Turdiqulova, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori hamdir.

Prof. Turdiqulova 78 ta ilmiy maqola, shulardan 42 tasi xorijda nashr etilgan, 3 ta kitob va monografiyalar muallifi. Web of Science ma’lumotlariga ko‘ra, Hirsh indeksi 14, iqtiboslar statistikasi 1810, O‘zbekistonda nashrlar bo‘yicha eng yuqori umumiy ta’sir faktoriga ega – 481,28, Nature jurnalida uchta maqolasi chop etilgan mamlakatimizdagi yagona olim. Prof. Turdiqulova Ilg‘or texnologiyalar markazida inson genetikasi va biotexnologiyasi ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Olima mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga katta hissa qo‘shgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vise-prezidenti sifatida faoliyat yuritish men uchun katta sharafdir. Ilm-fan ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriyalaridan chiqib, innovasiyalarga xizmat qiladi, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga va barqaror jamiyat qurishga yordam beradi. Bugungi kunda Fanlar akademiyasi kuchli ilmiy salohiyatga ega, va bu maskanda ish boshlayotganimdan mamnunman, – dedi SH. Turdiqulova.

Shahlo Turdiqulova doktorlik dissertasiyasi doirasida Kaliforniya universitetining Membrana biologiyasi laboratoriyasida 2005 yilda biologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodi ko‘rsatilgan taniqli olim Jorj Saks bilan bir jamoada tadqiqot olib borgan. U oshqozon proton pompasining faoliyatining yangi nazariyasini kashf etgan.

Prof. Turdiqulova Markaziy Osiyoda yashovchi aholining populyasiya genetikasi bo‘yicha keng ko‘lamli fundamental tadqiqotlar olib borgan. National Geographic tomonidan muvofiqlashtiriladigan «Genographic» xalqaro konsorsiumi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishi Yevrosiyo populyasiyalari bilan genetik aloqalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi, va ilk bora zamonaviy odamlar 75 000 yil avval Afrikadan paydo bo‘lganini ko‘rsatadigan genetik hodisa aniqlandi. Ko‘p yillik mehnatlar natijasida dunyo aholisining genetik xaritasidagi ilgari mavjud bo‘lgan Markaziy Osiyo genetikasining «bo‘sh joyi» to‘ldirildi. Amalga oshirilgan fundamental tadqiqotlar mintaqamizda keng tarqalgan kasalliklar, jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning genetik patologiyalari genetikasi bo‘yicha amaliy tadqiqotlar olib borishga asos bo‘ldi. Natijalar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni neonatal skrining uchun test to‘plamlariga kiritildi, genetik testlar tibbiyot muassasalarida, shuningdek, inson genetik pasportini yaratishda faol qo‘llaniladi.

SH. Turdiqulova rahbarligida SARS-CoV-2 virusini aniqlash bo‘yicha mamlakatimizda birinchi bo‘lib PSR test tizimi yaratildi, testlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, mamlakatimiz laboratoriyalarining ehtiyojlari to‘liq qondirildi. Shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan birgalikda professor Turdikulova boshchiligida rekombinant vaksinaning klinik sinovlari o‘tkazildi, ZF-UZVac-2001 nomi bilan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi, aynan shu vaksina bilan O‘zbekiston aholisining 66 foizi emlangan edi.
2020 yildan Innovasion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, 2023 yildan esa Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining fan va innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Ilm-fan va innovasiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun 2018 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati