Liverpul Real yarim himoyachisini 150 million evaziga sotib olishga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 15:02
"Liverpul" "Real Madrid"ning yetakchi yarim himoyachilaridan biriga ko‘z tikdi. El Debate xabariga ko‘ra, ingliz grandining e’tiborida urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde bor.

Jurnalistlarning fikricha, mersisaydliklar klubi rahbariyati Valverdeni sotib olish uchun 150 million yevro ajratishga tayyor. Biroq “Real” Federikoni sotish niyatida emas, urugvaylikning o‘zi esa boshqa jamoaga o‘tishni istamaydi.

Yarim himoyachi Madrid klubida 2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Valverde 42 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati