Palmer Lempardning natijasiga yaqinlashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:56
Koul Palmer bir mavsumda penaltidan gol urish bo‘yicha Frenk Lempardning rekordiga yaqinlashdi.

Kecha "Chelsi" APLning 31-turida "Manchester Yunayted"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. "Ko‘klar" yarim himoyachisi Koul Palmer uchta gol urdi, ulardan ikkitasi penaltidan.

21 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda “Chelsi” safida APLda 16 ta gol urdi, ulardan 8 tasi penaltidan.

Faqatgina Frenk Lempard Premyer-liganing bir mavsumida londonliklar safida ko‘proq penalti tepgan 2009/10 yilgi mavsumda u 10 ta golni 11 metdan kiritgan.

Palmer joriy mavsum Angliya chempionatida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati