Mahalla ma’lumotnoma oladigan organdan davlat ichidagi davlatga aylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:54
Toshkent shahri aholisi turmushini yanada yaxshilash uchun qilinadigan ishlar hali juda ko‘p. Yig‘ilishda dunyo, jumladan, hamkor davlatlardagi vaziyatning iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirini kamaytirish eng muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

Prezident Toshkentda natija qilish uchun imkoniyat ham, resurs ham, sharoit ham yetarli ekani, buning uchun shahar va tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks vakillari uyg‘onib, katta marralar olib, qattiq ishlashi kerakligini aytdi.

Sessiyada shaharni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish imkoniyatlari Yunusobod tumani misolida tahlil qilindi, aholi daromadini oshirishning foydalanilmagan jihatlari belgilab berildi.

Mutasaddi vakillar, jumladan, mahalla raislari, bank rahbarlari va tadbirkorlarga aniq topshiriqlar ham berildi.

Azamat ZIYO, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik:

– Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Yunusobod tumani misolida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar tahlil qilindi.
Prezidentimiz bir gap ishlatdi – imkoniyat oyog‘imiz ostida yotibdi. Yetti yil juda qisqa fursat, ammo shu vaqt ichida aqlbovar qilmaydigan ishlar, katta o‘zgarishlarga erishildi. Har bir harakat ortidan yangi ufqlar ochilmoqda va ulkan imkoniyat borligi sezilmoqda. Shu natijalarga erishayotganimiz uchun davlatimiz rahbarining imkoniyat oyog‘imiz ostida degan fikrlariga qo‘shilaman.
Sessiyadagi iqtisodiy tahlil, aslida har bir oila baxtli, saodatli bo‘lishiga, tinch va osoyishta yashashiga qaratilgan qarash edi, buning uchun endi iqtisod ishlashi kerak. Bir narsani tushunib yetmog‘imiz zarur, Yangi O‘zbekistonni o‘n, yuz yoki ming kishi emas, balki butun millat, jamiyat quradi. Bunda har birimizning o‘rnimiz va ulushimiz bo‘lishi kerak.
Biz jadidlarimiz orzu qilgan, biroq ular yetolmagan zamonlarda yashayapmiz va ular intilgan hayotni quryapmiz. Bunday davrda barchamiz, eng avvalo, ziyolilarimizning muqaddas burchi va vazifasi Prezidentimiz atrofida birlashib, har qanday qiyinchilikka qaramay, olg‘a harakat qilishdir.
Manzura VALIYEVA, Shayxontohur tumanidagi “Yangiobod” MFY raisi:

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati