Arteta Sakaning holatini bilmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:46
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Luton"ga qarshi so‘nggi o‘yinni o‘tkazib yuborgan vinger Bukayo Sakaning holati haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis hozircha angliyalikning Angliya Premyer-ligasi doirasidagi "Brayton"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladimi yoki yo‘qligini bilmaydi.

"Saka "Brayton"ga qarshi o‘ynaydimi? Tez orada bilib olamiz. Yaqin soatda mashg‘ulot o‘tkazamiz, u o‘yinda qatnasha oladimi yoki yo‘qmi, aniqlaymiz. Qolganlarning hammasi yaxshi", dedi Arteta matbuot anjumanida.

Saka "Arsenal"ning joriy mavsumdagi to‘purari. 22 yoshli Bukayo Premyer-ligada 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati