Ukrainada G‘arb qo‘shinlari bo‘lmaydi — Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:38
Devid Kemeron bu haqda BBCning Ukrainadagi urush mavzusidagi podkasti Ukrainecast`ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Agar urush Polsha yoki Boltiqbo‘yi davlatlari kabi alyansga a’zo davlatlar hududiga yoyilsa, NATO qo‘shinlari Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasida mustahkamlangan jamoaviy mudofaa majburiyatiga muvofiq, bu holatlarga, albatta, aralashadi", — deya ishontirdi Buyuk Britaniya TIV rahbari.

Biroq, Kemeron Ukraina hududiga qo‘shin yuborishni rad etdi.

"Ukrainaga yordam berish uchun NATO arxitekturasidan foydalanish mumkin, bu keskinlashuvni va urushda bevosita ishtirok etishni anglatmaydi. Biz bu suveren, mustaqil mamlakatni bosqinchidan himoya qilishda yordam beramiz va buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamni beramiz", — deya qo‘shimcha qildi Kemeron.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati