XOQ rossiyalik sportchilar uchun qabul qilingan qarorini o‘zgartirmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 01:36
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik sportchilarni 2024 yilda Parij (Fransiya)da bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga qabul qilish bo‘yicha 2023 yil dekabrida e’lon qilingan mezonlari o‘zgartirilmasligini ma’lum qildi.

Bu haqda RIA Novosti Sport xabar berdi.

Shuningdek, OAV xabarlariga ko‘ra, kelasi hafta XOQ Ijroiya qo‘mitasi rossiyaliklarni Olimpiadaga qabul qilish mezonlarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

"Barcha tamoyillar 2023 yil 8 dekabrda shakllantirilgan va e’lon qilingan. Ular o‘zgartirilmaydi. Ushbu tamoyillarni amalga oshirish bo‘yicha XOQ Ijroiya qo‘mitasi kelasi hafta o‘z yig‘ilishida tegishli qarorlar qabul qiladi", — deya XOQ bayonotidan iqtibos keltiradi RIA Novosti Sport.

Eslatib o‘tamiz, XOQ 2023 yil oxirida e’lon qilgan mezonlarga ko‘ra, rossiyalik sportchilar Parijdagi o‘yinlarda faqat neytral maqomda va faqat individual sport turlari bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati