Pochettino Palmerning eng yaxshi sifatini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:26
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kecha “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan va “ko‘klar”ning 4:3 hisobida kuchli irodali g‘alabaga erishishiga yordam bergan yarim himoyachi Koul Palmerning eng yaxshi sifatini aytdi.

“Palmerning eng yaxshi sifati? Bu uning mentaliteti va bosimga dos. bera olish qobiliyati. Faoliyatida birinchi marta u har hafta doimiy ravishda maydonga tushadi. Koul bu bilan ajoyib ish qiladi. Palmer allaqachon top-futbolchi, lekin u baribir yaxshilanishi mumkin”, dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Palmer Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 16 ta gol va 8 ta golli uzatmaga ega. Chempionatda faqat Erling Xoland Kouldan ko‘proq gol urgan, uning hisobida 18 ta gol bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati