AQShda bemorga cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantasiya qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:16
Qo‘shma Shtatlarda cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantasiya qilingan bemor shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Massachusets umumiy kasalxonasi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ikki hafta oldin dunyoda birinchi marta geni o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantasiya qilingan 62 yoshli Rik Sleyman shifoxonadan chiqarildi. Operasiya Bostondagi Massachusets umumiy kasalxonasida mart oyi oxirida bo‘lib o‘tgan edi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Sleyman tez tuzalmoqda va uyda oilasi bag‘rida davolanishni davom ettiradi. Shifokorlar yangi buyrak yaxshi ishlashini hamda bemor endi dializga muhtoj emasligini aytgan.

Sleyman uzoq vaqtdan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkan. Olti yil oldin xuddi shu kasalxonada unga odam buyragi qo‘yilgan, ammo uning tanasi buyrakni qabul qilmagan.

Shifokorlar muhtoj bo‘lgan har bir kishi uchun donor organlar yetarli emasligini aytib, muvaffaqiyatli operasiyani muhim bosqich deb atagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati