Finlyandiya Rossiya bilan chegaralarini noma’lum muddatga yopdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:06
Finlyandiya hukumati Rossiya bilan quruqlikdagi chegara punktlarini 15 apreldan boshlab noma’lum muddatga yopiq saqlashga qaror qildi. Bu haqda Finlyandiya IIV ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 15 apreldan boshlab dengiz orqali noqonuniy migrasiyaning oldini olish uchun Xaapasaari, Nuijamaa porti va Santiodagi dengiz o‘tish punktlari yopiladi.

Rossiya bilan chegarani ochishda Finlyandiya hukumati Rossiya tomonidan chegarani kesib o‘tib, Finlyandiyadan boshpana so‘rovchi uchinchi davlat fuqarolarining ommaviy noqonuniy migrasiyasining qayta tiklanish xavfini ko‘rmoqda.

Finlyandiya rasmiylari Rossiyaning “migrasiyani instrumentallashtirish” siyosatini “gibrid hujum” va “uzoq muddatli tahdid” sifatida baholaydi.

Hukumatning chegarani yopish haqidagi avvalgi qarori 14 aprelgacha amal qilgan edi.

2023 yil noyabrida Finlyandiya muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasini tegishli hujjatlarsiz butunlay yopgan edi. Xelsinki Moskvani uchinchi davlat fuqarolarini chegarani kesib o‘tishga undaganlikda ayblagan.
Bunga javoban Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Finlyandiyaning chegaradagi vaziyat uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklashga urinishlarini “noaniq bahonalar” deb atagan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati