O‘tgan yili Sergeli tumanida portlash sodir bo‘lgan omborxonada yong‘in chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 14:00
Bugun, 5 aprel kuni soat 12:30 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Xonabod ko‘chasida joylashgan Korxona hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:34 da yetib borib, yong‘in soat 12:41 da o‘rab olingan va soat 12:43 da yong‘in o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ochiq maydonda qurilish chiqindilar 20 kv.m. maydonda yongan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyi oxirida ushbu omborxonada portlash sodir bo‘lgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati