Isroil Erondan qo‘rqib, bir qancha davlatlardagi elchixonalarini yopdi — OAV

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 13:54
Isroil Eronning havo zarbalaridan qo‘rqib, xorijdagi bir qancha diplomatik vakolatxonalarini yopdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Isroil harbiy havo kuchlari 1 aprel kuni Eronning Damashqdagi konsulligiga raketalar uchirdi, oqibatda Eron Islom inqilobi gvardiyasi korpusining generallari halok bo‘ldi. Bunga javoban Eron Isroilga javob qaytarishidan ogohlantirdi. Shu sababli Isroil bir qancha davlatlardagi elchixonalarini vaqtincha yopdi.

Ta’kidlanishicha, Isroil elchixonalari mavjud barcha davlatlardagi emas, balki bir qancha mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarini yopgan. Ular qachon odatdagiday faoliyat yuritishi bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Isroilning Eron konsulligiga hujumi

1 aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron konsulligiga zarba berdi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon mazkur hujum munosabati bilan Amerika javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.

Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016 yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va yana besh eronlik zobit ham halok bo‘ldi. Shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafari Livan fuqarosi vafot etdi. Eronning BMT missiyasi zarbani terakt deb baholadi.
O‘zbekiston Isroil hujumini qoraladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoraladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati