24 yoshli afrikalik futbolchi o‘g‘rilar tomonidan otib o‘ldirildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 13:30
Gauteng polisiyasi vakili podpolkovnik Mavela Masondoning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Flersni mashinadan tushirib uloqtirishdan oldin unga o‘qotar qurol ko‘rsatgan va keyin otib tashlagan.
24 yoshli yigit yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketilgan va shifokorlar tomonidan uning vafot etgani ma’lum qilingan.
Janubiy Afrika Premyer Ligasi 6—7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan barcha o‘yinlarni Flers xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanishini e’lon qildi.
Lyuk avvalroq Tokio Olimpiadasida Janubiy Afrikaning U23 terma jamoasida o‘ynagan. U guruhdagi barcha o‘yinlarni o‘tkazgan, biroq jamoa hech qaysi o‘yinda g‘alaba qozonmagan. Shuningdek, 2021 yilda u Efiopiyaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinlariga chaqirilgan, ammo Flers maydonga tushmagan.