Dunyodagi eng katta raqamli kamera yig‘ildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 13:22
Milliy tezlatgichlar laboratoriyasi mutaxassislari dunyodagi eng katta raqamli kamerani yig‘di. Kamera Chilidagi Vera Rubin observatoriyasi teleskopiga o‘rnatiladi.

Kamerani yaratishga qariyb 20 yil sarflandi. Kattaligi yengil mashinacha keladigan kameraning og‘irligi salkam uch tonna.

Ulkan kamera 3,2 gigapikselli fotosuratlar oladi. Olimlarning aytishicha, u bilan 25 kilometr olisdagi golf koptokchasini ham ko‘rish mumkin.

Kamera old linzasi diametri 1,5 metrdan oshadi, ikkinchi linzasi diametri 90 santimetr, shovqin darajasini pasaytirish uchun kriostat bilan Selsiy bo‘yicha –100 darajagacha sovitiladi.

Endi kamera transport konteyneriga joylanib, Chiliga jo‘natiladi. Uning yordamida astronomik kuzatuvlar olib boriladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati