Texnik qo‘mita mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:54
Joriy yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti"da ("Standartlar instituti") soha mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazir o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, Texnik qo‘mita a’zolari, agentlik tizim rahbarlari va “O‘zbekiston akkreditasiya markazi” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda ekologiya sohasidagi texnik qo‘mita faoliyatini jadallashtirish, bunda mavjud standartlarni inventarizasiyadan o‘tkazish, ularni rivojlangan davlatlar, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi standartlari asosida qayta ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sohaga tegishli bo‘lgan yangi standartlar loyihalarini ishlab chiqish, standarlarning talab va me’yorlariga ham e’tibor qaratildi.

Yakunda ekologiya sohasidagi texnik qo‘mitaning joriy yil ish rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati