G‘azoda nega begunoh aholi qurbon bo‘lmoqda?
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-04-2024, 12:52
Nashrlar yozishicha, muayyan reja G‘azo hududidagi minglab oddiy aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lgan. Sun’iy intellekt bilan ishlovchilar hujumga ruxsat berilishidan 20 soniya oldin nishonga olinganlar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi. Har bir falastinlik askar yo‘q qilinishi uchun 5-10 nafar begunoh fuqaro ham qurbon qilinarkan. Ayni tahlil G‘azoda nima uchun oddiy aholi o‘limi ko‘pligi haqidagi savolga javob berishi mumkin.
“972 Magazine” va ibroniy tilida chiqadigan “Local Call” nashrlarining Isroil G‘azoda sun’iy intellektdan qanday foydalanayotgani haqidagi axboroti texnologik qurilmalarga ishtiyoqmand boshqa davlatlarni ham qiziqtirib qo‘ygan. Avstraliyalik jurnalist, “Falastin laboratoriyasi: Isroil dunyo bo‘ylab texnologiyasini qanday eksport qiladi?” kitobi muallifi Entoni Lovenshteyn yozishicha, Isroil ushbu qurilmalarini boshqa davlatlarga eksport qilish taraddudida.
– Isroil hozir bu vositalarni G‘azodagi holatga nafrat bilan emas, balki hayrat bilan qarayotgan xorijiy tashkilotlar, hukumatlarga sotish yo‘lini izlamoqda, – degan Lovenshteyn. – Yaqin oylar, yillarda ehtimoliy xaridorlarni bilib olamiz.
Jurnalist fikricha, hozir qirg‘inga qarshi ekanini aytayotgan davlatlar ham kun kelib, bunday aslahalarga qiziqib qolishi mumkin.
S.Poyonov,
O‘zA