Moliyaviy tizimni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:38
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2024 yil 4 aprel kuni “Moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanning asosiy g‘oyasi sifatida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish, moliya sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha strategik vazifalarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida oliy ta’limni modernizasiya qilish, ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va fanni rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsad qilingan.

Xalqaro anjuman geografiyasi o‘tgan yillarda o‘tkazilganlarga nisbatan kengayib, uning faoliyatida mahalliy oliy ta’lim tashkilotlari bilan bir qatorda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Rossiya Federasiyasi, Belarus Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar iqtisodchi olimlari, ilmiy izlanuvchilari va talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, anjuman ishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi mutaxassislari mamlakat moliya tizimini mustahkamlash hamda global moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish borasidagi ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Yaponiyaning Chubu universiteti Professori Seika Wazakining sof o‘zbek tilida qilgan taqdimoti barchada katta taassurot uyg‘otdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati