Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:36
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.H.” MCHJ rahbari J.J. Shovot tumani hududidagi 3 gektar yer maydonida zamonaviy issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga xorijdan olib kelingan kompleks uskunalarning bir qismini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 2,6 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan M.A. “Niholzor” MFYda issiqxona tashkil etish maqsadida ajratilgan 2 mlrd so‘m kredit evaziga issiqxonalarni qurmasdan, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi hamda 303,4 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati