Enso Premyer-ligadan zavqlanyapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:32
"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes "ko‘klar"ning Angliya Premyer-ligasidagi hozirgi holatidan norozi ekanligini aniq aytdi.

"Men Premyer-ligadan zavqlanyapman, ammo turnir jadvalidagi o‘rnimizdan mamnun emasman. Mag‘lub bo‘lishni emas, g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘raman. Jamoadoshlarim va men jadvaldagi o‘rnimizdan g‘azabdamiz, lekin biz buni qabul qilishimiz va jarayonga ishonishimiz kerak", - deydi Fernandes.

Enso "Chelsi"ga 2023 yilning yanvarida Lissabonning "Benfika" klubidan 121 million yevro evaziga Premyer-liga rekordi evaziga o‘tgan edi. 23 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum chempionatda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati