Real futbolchilari Alonso kelishiga ishonishadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:22
"Real Madrid" futbolchilari "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso avvalroq futbolchi sifatida o‘ynagan "qirollik klubi"ni boshqarishni istashiga ishonch bildirmoqda.

Bu haqda Ispaniyaning Relevo nashri xabar berdi. Manbaning ta’kidlashicha, Alonsoning kelajagi bilan bog‘liq vaziyat "Real Madrid" kiyinish xonasida bir necha bor muhokama qilingan.

"Los-Blankos" futbolchilarining fikricha, Xabi "Liverpul" va "Bavariya"dan voz kechgan, chunki u kelajakda "Real"ni boshqarishni xohlaydi.

"Qirollik klubi"ning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati