Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklardan o‘zlari bilan isiriq olmaslik so‘ralmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:20
Uzbekistan Airways Rossiya Federasiyasi shaharlariga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilardan o‘zlari bilan isiriq olmaslikni so‘radi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Hukumatining Farmoni bilan harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

«Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi o‘simlikni qo‘l yukingizda va bagajda olib o‘tmasligingizni so‘raymiz», deyiladi ma’lumotda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati