Neymar faoliyati davomida 1 milliard yevroga yaqin pul ishlab topdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-04-2024, 12:18
“Al-Hilol” hujumchisi Neymarning professional faoliyati davomida ishlab topgan puli ma’lum bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi professional faoliyatini boshlaganidan beri 933,2 million yevro ishlab oldi. Bu miqdor ish haqi, homiylik va boshqa barcha daromad manbalarini hisobga oladi.

Joriy mavsumda Neymar barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.

Avvalroq Neymar Saudiya Arabistoni klubidan uni “Barselona”ga qo‘yib yuborishini so‘ragani haqida xabar berilgan edi.Neymar Kataloniya klubi bilan Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati